Jamiyat | 12:04 / 31.07.2018
4580
2 daqiqa o‘qiladi

BAAdan O‘zbekistonga 80 million so‘mlik texnika vositalarini noqonuniy olib kirishmoqchi bo‘lishdi

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahridan uchib kelgan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida tovar-moddiy boyliklarni O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tishga urinish bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlarini fosh etishdi.

«Yashil» yo‘lak orqali harakatlanayotgan fuqaro I.Sh.ning sumkasi nazorat tartibida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda ushbu shaxs bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan, umumiy narxi 45 milion so‘mdan ortiq turli parfyumeriya vositalari va uyali telefonlarni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganligi fosh bo‘ldi.

Caption
Caption

Xuddi shu reys bilan uchib kelib, “qizil”  yo‘lak orqali harakatlanayotgan fuqaro N.M. o‘zi bilan olib kelayotgan belgilangan me'yordan ortiq tovarlarini yo‘lovchi deklaratsiyasida qayd etishi lozim edi. Ammo unday bo‘lmadi.

Kontrabandaga va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ushbu shaxsni to‘xtatib, uning sumkasini nazorat tartibida bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganda, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan, umumiy narxi 80 million so‘mlik uyali telefonlar, planshetlar, qo‘l soatlari va uyali telefon displeylari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidlan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid