Jamiyat | 15:55 / 31.07.2018
10221
1 daqiqa o‘qiladi

Ishga olib kirib qo‘yishni va'da qilib, qariyb 3 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

30 iyul kuni shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil noyabr oyida Kitob tumanida yashovchi “Pomir” xususiy korxonasi ishchisi, muqaddam sudlangan S.N. Ipak yo‘li ko‘chasida, fuqaro D.H. va F.U. ismli ayollarga ishga olib kirib qo‘yishni va'da qilib, 2 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib ketganligi ko‘rsatilgan. 

Holat yuzasidan S.N. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid