O‘zbekiston | 12:48 / 31.07.2018
8709
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda chiqindidan olinadigan gazdan elektr energiyasini ishlab chiqarish boshlanadi

Foto: waste360.com

O‘zbekistonda maishiy chiqindilardan olingan gazdan elektr energiyasini ishlab chiqarish boshlanadi. Prezidentning «2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida shu nazarda tutilgan.

Spot’ning yozishicha, loyiha Janubiy Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. U 55 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni yo‘naltiradi.

Ishlab chiqarish Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashadi. Ko‘rsatilgan muddat - 2019-2020 yillar, 2019 yilda 27,5 million dollarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarishning e'lon qilingan loyiha quvvati - 15 MVt.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Siemens 100 mln dollarlik birinchi shamol elektr stansiyasini Zarafshonda qurishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid