O‘zbekiston | 12:56 / 27.07.2018
11729
1 daqiqa o‘qiladi

Siemens 100 mln dollarlik birinchi shamol elektr stansiyasini Zarafshonda quradi

Foto: Siemens Gamesa

Siemens birinchi shamol elektr stansiyasini Zarafshonda quradi. Prezidentning «2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida shu haqida aytiladi.

Spot’ning yozishicha, 2017 yilning noyabrida «O‘zbekenergo», «Milliy energiya tejovchi kompaniya» va Siemens Gamesa nemis kompaniyasi 100 MVt quvvatga ega shamol energiyasi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolagandi.

Ma'lum bo‘lishicha, loyiha 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan va uning qiymati 100 million dollarga baholanadi, shundan 2019 yilda 5 million dollar mablag‘ o‘zlashtiriladi. Barcha pullar - Siemens’ning xorijiy investitsiyalari.

Sinov loyihasi O‘zbekistonning shamol energetikasi sohasidagi ulkan salohiyatini o‘zlashtirish va mamlakat energetika tizimiga qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishni boshlab berishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid