21:02 / 02.08.2018
5715

Superliga. «Neftchi» mavsumda ilk marotaba g‘alaba qozondi - vodiy derbisida

Superligada 20-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Neftchi» Farg‘onada «Navbahor» bilan bellashdi. Vodiy derbisi murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi va unda «Neftchi»ning qo‘li baland keldi. 

O‘yinda 12 daqiqa ichida uchta gol urildi. 57-daqiqada Sherzod Hakimov «Neftchi»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada Darko Nikach hisobni tenglashtirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tgach, Abdurahmon Abdulhaqov «Neftchi»ga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

Qayd qilish joizki, bu «Neftchi»ning mavsumdagi birinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «Navbahor» 34 ochko bilan 4-o‘rinda, «Neftchi» esa 11 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.    

Superliga, 20-tur
2 avgust, Farg‘ona
Neftchi (Farg‘ona) - Navbahor (Namangan) - 2:1
Gollar: Sherzod Hakimov (57) - Abdurahmon Abdulhaqov (69) - Darko Nikach (62)

Hakamlar: Valentin Kovalenko, Andrey Snetkov, Sultonmurod Ulfatov, Davron Akmalov.
Neftchi: Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po‘latov, Dilyorbek Ermatov (Dostonbek Tursunov, 27), Husniddin G‘ofurov, Igor Taran (Abdurahmon Abdulhaqov, 61), Boburbek Yuldashev, Doston Toshmatov, Avazxon Mamatxo‘jayev, Mirjamol Ne'matov, Islombek Karimov, Sherzod Hakimov (Jalil Kimsanov, 78)
Navbahor: Botirali Ergashev, Igor Golban, Oston O‘runov, Sherzod Karimov (Azamat Allaniyozov, 77), Ayubxon No‘'monov (Ro‘zimboy Ahmedov, 63), Mirzohid G‘ofurov, A'zam Aliyev, Darko Nikach, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich (Sardor Sulaymonov, 46), Darko Stanoyevich

Mavzuga oid
Top