«Vaqf» xayriya jamoat fondi diniy ta'lim muassasalari talabalari uchun maxsus aksiya e'lon qildi
«Vaqf» xayriya jamoat fondi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy ta'lim muassasalari (9 ta o‘rta maxsus va 2 ta oliy diniy ta'lim muassasasi) talabalarining to‘lov-shartnomasiga (kontrakt) yordam berish maqsadida «Ilm yo‘lida ko‘mak beramiz» nomli keng ko‘lamli xayriya aksiyasi boshlaganini ma'lum qiladi. Bu haqda fond Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aktsiyaga ko‘ra, diniy ta'lim muassasalarida ta'lim oladigan talabalarga to‘lov-shartnoma (kontrakt), ilm o‘zlashtirishda o‘zining yetakchiligi uchun rag‘batlantirish mablag‘lari yig‘iladi.
To‘lov-shartnoma mablag‘lari yig‘ilgan mablag‘ga ko‘ra o‘quv yili davomida ikki bor (semester avvalida) beriladi.
Aktsiyada har bir kishi pul o‘tkazish orqali qatnashishi mumkin.
Qo‘shimcha ma'lumotlar:
So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):
8600 3104 0344 3450 (Bakiyev Hakim nomida)
Murojaat uchun telefon: +998974490456 (Temurbek)
Mavzuga oid
19:10 / 01.06.2022
Fotoreportaj: «Vaqf» fondi 60 dan ortiq bolalarning xatna to‘yini o‘tkazib berdi
20:22 / 17.11.2021
Sardoba suv toshqinida vayron bo‘lgan masjid qayta qurildi
14:53 / 10.11.2021
«Vaqf» fondi 4 yilda masjidlar qurilishi, ta'minoti va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun 75 milliard so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirdi
09:17 / 07.11.2021