Stenford universiteti (Kaliforniya ştati) olimlari Google "aqlli" közoynaklari va maxsus dasturiy ta'minotdan foydalaniş autizmdan aziyat çekuvçi bolalarga muloqot könikmalarini rivojlantirişga yordam berişini aniqlaşdi. Atigi 10 hafta içida smart-közoynaklar iştirokidagi tadqiqotda qatnaşgan autizm bilan kasallangan bolalar atrofdagilar bilan özaro munosabatlarni yanada yaxşilaşga va ularning his-tuyğularini yaxşiroq anglaşga muvaffaq bölişgan. NPJ Digital Medicine jurnalida şu haqida ma'lum qilindi.
Tadqiqotda 3 yoşdan 17 yoşgaça bölgan 14 nafar autizmdan aziyat çekuvçi bola iştirok etgan, ular 10 hafta davomida Google Glass smart-közoynaklari va smartfon orqali Android'da işlovçi Superpower Glass System maxsus ilovasidan foydalanişgan.
Ma'lum bölişiça, autik spektrda buziliş aniqlangan bolalarda (RAS yoki ASD — autism spectrum disorder) atrofdagilarning his-tuyğularini anglaş va ular bilan muloqot qiliş xususiyatlarida muammolar kuzatiladi. Bu esa bunday bolalarning jamoatçilik bilan muloqot qilişiga salbiy ta'sir qiladi.
Google'ning "aqlli" közoynagi quyidagi tartibda işlaydi: unga örnatilgan videokamera bola bilan muloqot qilayotgan insonning tasvir yoki ovozini yozib oladi va uni maxsus ilova yuklangan smartfon yoki planşetga uzatadi. Şundan söng ilova yordamida közoynak displeyida u yoki bu hissiyot haqida ma'lumot (tegişli smayl yoki qisqa xabar şaklida) aks etadi. Bularning bari avtomatik ravişda şifrlangan şaklda tadqiqotçilarning yopiq serveriga yoziladi, söngra ular autizmga çalingan bolalarning muloqot natijalarini tahlil qilişlari mumkin böladi.
Manbada ta'kidlanişiça, ilova sakkiz bazaviy hissiyotni taniy oladi - xursandçilik, ma'yuslik, ğazab, hayrat, qörquv, nafrat, beparvolik va xotirjamlik.
Tadqiqotlar natijasiga köra, autizmdan aziyat çekuvçi bolalarning ota-onalari va olimlar muloqot könikmasi rivojida ijobiy dinamikani qayd etişgan.












