Android Headlines naşri Google’ning yangi örta toifali modeli haqida birinçi tasvirlarni e’lon qildi. Renderlarda körsatilgan kök rang manbaga köra, haqiqiy bölmasligi mumkin.

Taşqi köriniş böyiça katta yangiliklar kutilmayapti: orqa korpus plastikdan, ramkalar esa flagman modellariga nisbatan ança qalin bölişi mumkin.
Texnik jihatdan smartfon Tensor G4 çipining biroz tezlaştirilgan versiyasida işlaydi. Google flagmanlar uçun möljallangan yangi Tensor G5 protsessorini TSMC işlab çiqarmoqda, biroq u budjet seriyasi uçun qimmat bölişi mumkin.

Pixel 10a taqdimoti 2026 yil boşida bölib ötişi kutilmoqda.
Bir söz bilan aytganda, Google öz A-seriyasini yangilaşda davom ettiradi, biroq bu safar asosiy urğu — quvvat va narxga berilayotganga öxşaydi.











