Biznes asosçisi Çen Veyu qanday qilib önlab mana şunday loyihalar orasidan ajralib çiqdi, nima uçun kompaniya Uber raqobatçilarini qöllab-quvvatlamoqda?

Foto: South China Morning Post

Didi Chuxing — taksi, avtobus, limuzin, xususiy avtolarga buyurtma beradigan Xitoydagi xizmat. Kompaniya asosçisi - Çen Vey, bir vaqtning özida ijroçi direktor. Vey 33 yoşda, Forbes’ga köra, Osiyodagi milliarderlar reytingida 333-örinni egalladi va Forbes Asia böyiça 2016 yilda yil tadbirkoriga aylandi.

Uning kompaniyasi 56 milliard dollarga baholanyapti. Bu dunyodagi eng qimmat xususiy korxona bölib, Disruptor 50 reytingida törtinçi örinda, öz investoriga eng köp daromad olib kelgan kompaniyalar öntaligida uçinçi örinni egallagan.

Taqqoslaş uçun, olti qit'ada 500 dan ortiq şaharda işlaydigan Uber 68 mlrd dollarga baholanyapti. Bu Xitoyning 400 ta şahrida filiallarga ega Didi’ga qaraganda bir yarim marta qimmatroqdir. Veyning sözlariga köra, Xitoyda taksi haydovçilarining 80 foizi Didi tizimidan foydalanadi. Bu holat kompaniyani monopoliyaçiga aylantiradi.

2000-2008 yillar: taqdirga ta'sir qilgan xato

Çen Vey
Foto: Bloomberg

Çen Vey Xitoyning şarqiy provinsiyasi Tszyansida tuğilgan. Otasi – amaldor, onasi esa matematika öqituvçisi. Maktab davridanoq matematika fanini özlaştiriş unga oson bölgan. Biroq abituriyentlar uçun test vaqtida Vey sönggi sahifani unutib, yakunlovçi uçta savolga javob bermagan.