Sport | 16:02 / 07.08.2018
13626
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekiston terma jamoasining Jakarta-2018 uchun epikirovkalari namoyish etildi

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida Indoneziya mezbonlik qiladigan yozgi Osiyo o‘yinlariga yo‘l olayotgan O‘zbekiston vakillarini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston terma jamoasi sportchilarining Indoneziyadagi sport bahslarida foydalanadigan yangi epikirovkalar taqdimoti o‘tkazildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanovning ma'lum qilishicha, epikirovkalar borasida Xitoy kompaniyasi bilan tegishli bitim imzolangan.

«O‘zbekiston terma jamoasining libosi va reklama masalasida biz bilan hamkorlik qilishni istagan bir qancha davlatlar kompaniyalari murojaat bilan chiqishdi. Takliflar hozirgacha ham kelishda davom etmoqda. Terma jamoamiz musobaqada Xitoy kompaniyasining «PRES-JOG» brendi ostidagi liboslaridan foydalanadi», - dedi Jasur Matchanov.

«Biz alohida e'tibor qaratgan jihat shu bo‘ldiki, ushbu epikirovka Indoneziyaning yuqori namlik va yomg‘irli iqlimiga moslab ishlab chiqarilgan», - deya qo‘shimcha qildi qo‘mita rasmiysi.

Eslatib o‘tamiz, XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 30 sport turi bo‘yicha jami 232 nafar sportchi himoya qiladi.

Mavzuga oid