22:02 / 08.08.2018
23269

Yangi Mercedes-Benz GLE salonining fotosuratlari namoyish etildi

Mercedes-Fans sayti kelgusi avlod Mercedes-Benz GLE avtomobilining saloni suratlarini e'lon qildi. Suratlarga ko‘ra, salon dizayni Vision Maybach Ultimate Luxury kontsepti uslubida ishlangan.

Krossoverning old panelida ikkita 12,3 dyuymli displey, S-Klass uslubidagi sensor panelli rul, multimedia tizimi tachpadi joylashadi.  


Hozirda sotilayotgan krossover esa 204dan 585 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan benzin va dizel dvigatelli, shuningdek, 333 ot kuchiga teng gibrid va 167 ot kuchiga teng elektr motorli variantlarda chiqarilgan. 

Mavzuga oid
Top