O‘zbekiston | 18:52 / 08.08.2018
3251
4 daqiqa o‘qiladi

Hukumatning ayrim qarorlariga byudjyetlarning xorijiy valyutadagi mablag‘larini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi 

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga O‘zbekiston Respublikasi byudjyet tizimi byudjyetlarining xorijiy valyutadagi mablag‘larini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

1. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 iyuldagi 294-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:

a) quyidagi mazmundagi 7-1-band qo‘shildi:

“7-1. O‘zbekiston Respublikasi byudjyet tizimi byudjyetlarining xorijiy valyutasiga Yagona g‘azna hisobvarag‘idan foydalangan holda Moliya vazirligi G‘aznachiligi orqali g‘aznachilik xizmati ko‘rsatish Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;

b) 30-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

2. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentabrdagi 416-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:

a) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shildi:

“Bunda Yagona g‘azna hisobvarag‘i bilan qamrab olingan byudjyet tashkilotlari va byudjyet mablag‘lari oluvchilarning tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishi bo‘yicha tegishli ma'lumot TSOYaEATga g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan kiritiladi”;

b) 8-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan kontraktlar bo‘yicha kontrakt shartlariga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining” so‘zlari “qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning” so‘zlari bilan almashtirildi;

v) quyidagi mazmundagi 8-1-band qo‘shildi:

“8-1. Byudjyet tashkilotlari va byudjyet mablag‘lari oluvchilarning tashqi savdo amaliyotlari monitoringini amalga oshirish maqsadida g‘aznachilik bo‘linmalari to‘lovlarni amalga oshirishda yoki akkreditiv ochishda TSOYaEATdagi ma'lumotlarni kontrakt shartlari bilan solishtirishni amalga oshiradilar.

Byudjyet tashkilotlari va byudjyet mablag‘lari oluvchilar tomonidan TSOYaEATga kiritilgan ma'lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda g‘aznachilik bo‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradilar”; 

g) 18-banddagi “tijorat banklari” so‘zlaridan keyin “byudjyet tashkilotlari, byudjyet mablag‘lari oluvchilar, g‘aznachilik bo‘linmalari” so‘zlari qo‘shildi;

d) 1-ilovada:

1-bosqichning “Sub'yektlar” ustunidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “tegishli vazirliklar va idoralar” so‘zlari bilan almashtirildi;

1-bosqichning “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“Import kontraktlarini qonun hujjatlariga muvofiq ekspertizadan o‘tkazish”;

1-bosqichning “Bajarish muddatlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilindi:

“qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda”;

2-bosqichning “Bajarish muddatlari” ustunidagi “TIAISV” so‘zi “qonun hujjatlariga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirildi;

3-bosqichning “Sub'yektlar” ustunidagi “Vakolatli banklar” so‘zlari “Tijorat banklari, byudjyet tashkilotlari, byudjyet mablag‘lari oluvchilar, g‘aznachilik bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid