Amazon vakillari Artel zavodiga tashrif buyurishdi
Dunyoga mashhur bo‘lgan Amazon kompaniyasining vakillari Artel korxonasiga tashrif buyurishdi. Amazon – turli xil mahsulot hamda xizmatlarni internet orqali taqdim etuvchi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ushbu kompaniyaning kapitalizatsiya qiymati 2018 yilda 900 mlrd dollarni tashkil etdi.
Amazon kompaniyasining O‘zbekistonga tashrif buyurishidan asosiy maqsad – yurtimizda takomillashgan IT tizimi hamda kelgusi hamkorliklar uchun keng sharoitlar yaratishdir.
8 avgust kuni Amazon kompaniyasining vakillari Artel korxonasining rahbariyati bilan uchrashib, rejalashtirilayotgan hamkorlik va bo‘lajak loyihalar hamda Artel korxonasining ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish kabi vazifalarni keng muhokama qilishdi. Aytib o‘tish joizki, muhokama davomida ikki kompaniyaning vakillari Artel korxonasining strukturasiga IT mahsulotlarni tatbiq etish bo‘yicha ko‘pdan-ko‘p yangi fikrlarni izhor qilishdi.
Tashrif davomida Amazon kompaniyasining vakillariga Artel Rohat va Artel Tashselmash zavodlariga ekskursiya uyushtirildi. Amazon xodimlari maishiy texnika ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi, logistika va servis markazini hamda tadqiqotlar va takomillashtirish markazi bo‘lmish R&D bo‘limini ko‘zdan kechirishdi.
Ta'kidlash joizki, qisqa vaqtda O‘zbekiston Respublikasida ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlar va IT industriyasining rivojlanishiga qaratilgan harakatlar Amazon vakillarini hayratlantirdi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:31 / 13.11.2024
Volkswagen Tesla’ning raqobatchisi bilan 5,8 mlrd dollarlik bitim imzoladi
22:52 / 11.11.2024
Amazon o‘z haydovchi va kurerlari uchun navigatsiyaga ega aqlli ko‘zoynaklarni yaratmoqda
23:26 / 17.09.2024
Amazon o‘z xodimlarini ofisdan turib ishlashga qaytarmoqchi
14:05 / 24.08.2024