Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispan sayyohlari Fransiyadagi chuqurligi 100 metrli g‘orda tunashga majbur bo‘lishdi
Ispaniyalik uch sayyoh Fransiya janubi-g‘arbidagi Padirak g‘orida tunni o‘tkazishga majbur bo‘lishdi, deb xabar berdi The Local.
Audiogidlardan foydalangan sayyohlar g‘orning yopilishi haqidagi e'lonni eshitishmagan va tuni bilan g‘or ichida qolib ketishgan. Ular lift va zinaga olib boradigan yo‘llar yopiqligini ko‘rishganidan so‘ng sarosimada qolishgan. Mobil telefonlar chuqurlikda ishlamasligi bois ular qutqaruvchilarga ham qo‘ng‘iroq qila olishmagan.
Nashrning xabar berishicha, ular ertalab g‘or ochilganidan so‘ng yuqoriga chiqishgan. Sayyohlar ushbu sayyohlik maskanida ishlaydigan kompaniyani sudga berishmoqchi.