Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lada tekin avtomobili haqidagi eski feyk O‘zbekistonda ommalashib ketdi
Facebook'da Lada avtomobili o‘ynalishi haqida 2016 yilda e'lon qilingan post yana ommalashdi, deb yozadi Spot.
Bir kundan kamroq vaqt davomida unga 10 mingdan ziyod yangi izoh qoldirildi, xuddi shuncha miqdorda u bilan bo‘lishishgan.
Matnda Lada Vesta avtomobilining yangi modeli o‘ynalayotgani aytiladi. Xususan, sahifa ma'muriyati O‘zbekiston mustaqillikka erishganining 27 yilligi munosabati bilan salondan yangi modelni sovg‘a qilmoqchi ekani haqida bildiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun siz pastga layk bosishingiz, sahifaga obuna bo‘lishingiz, o‘z sahifangizda post bilan bo‘lishishingiz va izohda «qora» yoki «kumush», deb yozishingiz kerak.
Ushbu post eski feyk sanaladi - bu birinchi marta u 2016 yilda paydo bo‘lgan, o‘shanda mustaqillikning 25 yilligiga avtomobil va'da qilingan. O‘sha payt u unchalik ommalashmadi va 200dan layk yig‘di.
Bu yil matn yangilandi va endi avtomobilni mustaqillikning 27 yilligiga va'da qilishdi. Postda eski sana (2016 yil) ko‘rsatilganligi va sahifada hech qanday faollik yo‘qligiga qaramasdan, foydalanuvchilar hali ham tanlovda ishtirok etishmoqda.
Shu bilan birga, tanlov o‘tkazilayotgan sahifa rasmiy emas. U 2016 yilda tashkil etilgan va shundan beri hech qanday yangiliklar e'lon qilinmagan.
O‘zbekistondagi Lada rasmiy sahifasida ushbu aksiyaga hech qanday aloqa yo‘qligini tasdiqlashdi, post va avtomobil o‘ynalayotgan sahifa shunchaki oddiy feykdir.
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025