Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Navoiy” EIZ faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009 yil 27 yanvardagi 21-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining ““Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009 yil 27 yanvardagi 21-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi:
“1. Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Do‘stlik” agrofirmasining 205 - 216, 381a - 388, 404 - 470 konturlardagi 500 gektar bo‘lgan maydonda hamda Navoiy shahri, S. Ayniy ko‘chasidagi u mumiy yer maydoni 81,4 gektar bo‘lgan 27 va 69 - uy manzillarida joylashtirish to‘grisidagi taklifi ma'qullansin”.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va Navoiy viloyati hokimi K.B. Tursunov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026