Ötkazilgan tekşiruvlar natijasida Özbekistonda 464 ta yonilği quyiş şoxobçasi faoliyati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 22 iyundan kuçga kirgan qarorida keltirib ötilgan.

Qayd etilişiça, respublika böylab jami 6 196 ta suyultirilgan va siqilgan gaz quyiş şoxobçalari, neftmahsulotlari quyiş stansiyalari hamda aholi gaz ballonlarini töldiriş obektlari xatlovdan ötkazilgan. Xatlov yakunlariga köra, jami 46 737 ta qoidabuzarlik va kamçiliklar aniqlangan.

Xususan, quriş sohasiga oid 2218 ta, yonğin xavfsizligi sohasiga oid 7949 ta, sanoat va texnika xavfsizligiga oid 25 341 ta, texnik jihatdan tartibga soliş sohasiga oid 3354 ta, belgilangan texnilogik jarayonlarni ta’minlaşga oid 7875 ta qoidabuzarliklar röyxatga olingan.  Şundan kelib çiqib, 464 ta yonilği quyiş şoxobçasi faoliyati vaqtinça töxtatilgan.

1 sentabrdan boşlab barça turdagi yonilği quyiş şoxobçalari va gaz töldiriş obektlarida, jumladan, öz ehtiyojlari uçun yonilğidan foydalanadigan obektlarda, agar belgilangan xizmat muddati ötgan yoki işlab çiqarilgan sanasi aniqlanmagan bölsa, ortiqça bosim ostida işlaydigan uskunalardan foydalaniş çeklanadi. Çeklov 2030 yil 1 yanvargaça amalda böladi.

Şuningdek, 2026 yil 1 sentabrga qadar Içki işlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda avtomobillarga örnatilgan gaz ballonlarining texnik körikdan ötganiga oid «Eco Himoya» platformasi ma’lumotlarini U-Gas tizimi bilan integratsiya qilişi kerak. Bu gaz quyiş vaqtida gaz ballon uskunasining texnik holati töğrisidagi ma’lumotlarni tekşiriş imkonini beradi.