Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi - Prezident farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmon tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan ta'minlanishini takomillashtirish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil ro‘yobga chiqarish maqsadida qabul qilinmoqda.
Quyidagilar norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
- qonunchilik bazasini tizimlashtirish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish barqarorligini ta'minlash;
- normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, shuningdek, ularning ijrosi monitoringini takomillashtirish;
- norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- norma ijodkorligida «aqlli tartibga solish» modeli elementlarini qo‘llash;
- norma ijodkorligi faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasining quyidagi tartibni belgilash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinmoqda:
- davlat organlari tomonidan qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ishlab chiqish hamda qabul qilish tashabbusiga faqatgina ushbu organlarning ko‘tarilayotgan masalalar yoki muammolarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amaldagi normalar va ma'muriy tartib-taomillar orqali hal qilish vakolati bo‘lmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi;
- qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qo‘llash, ular kuchga kirgan paytdan e'tiboran ijrosini tashkil etish yuzasidan qo‘shimcha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilishga doir majburiyatlar yuklatilmagan holda amalga oshiriladi;
- qonunchilik tashabbusi huquqi sub'yektlari qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish chog‘ida unga, qoida tariqasida, qonun va qonunosti hujjatlarini takomillashtirish, tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish, shuningdek, qonun loyihasini keng ko‘lamda tarqatish hamda uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha masalalarni o‘z ichiga olgan qonun loyihasini amalga oshirishga doir tadbirlar rejasini ilova qiladi. Bunda, tadbirlar rejasi qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan ma'qullash bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan uning ijrosi ustidan ta'sirchan nazoratni ta'minlagan holda tasdiqlanadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida ular qabul qilinganidan keyin alohida tadbirlar va nazorat rejalarini, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ni qo‘shimcha tarzda tasdiqlamagan holda aniq topshiriqlar va ularni amalga oshirish mexanizmlarini belgilovchi normalar, muddatlar va mas'ul ijrochilar majburiy ravishda nazarda tutiladi;
- yangi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi aynan bir xil yuridik kuchga ega hujjatni bekor qilish bilan bir vaqtda yoki unga taklif etiladigan o‘zgartishlar kiritish orqali, shu jumladan, uni yangi tahrirda bayon etgan holda amalga oshirilishi lozim.
Mavzuga oid
10:15 / 18.04.2026
Prezident farmoni: ayrim oilalarga kommunal imtiyoz beriladi
10:51 / 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi
14:48 / 03.11.2020
NamDU rektori: «Ta'lim-tarbiya va ilm-fan borasidagi yangi farmon ta'limda korrupsiyani kamaytiradi»
23:58 / 22.09.2020