Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tartibga solish gilotinasi» ishga tushadi: idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning aniq ro‘yxati belgilanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya tuzilmoqda.
Komissiya raisi (Nuriddin Ismoilov)ga:
Kontseptsiya va Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni va belgilangan tartibda kiritishni ta'minlash;
Kontseptsiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, ilmiy doiralar va xorijiy ekspertlarni keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot konferensiyalarini tashkil etish;
Bir oy muddatda qonunchilik bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazish va normativ-huquqiy hujjatlarni quyidagilar asosida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish;
Aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi (saylov tizimi, arxitektura va qurilish, ta'lim, investitsiyalar, tadbirkorlik faoliyati va boshqalar) normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;
- amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiq holda ijtimoiy munosabatlarni normativ-huquqiy hujjatlar bilan amaliy va samarali tartibga solish;
- normativ-huquqiy hujjatlar darajasida mustahkamlash talab etiladigan yuqori yuridik kuchga ega normalarni belgilash;
- idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish;
- umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llash amaliyotiga ta'sir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;
- asossiz cheklovlar, ortiqcha ma'muriy tartib taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarining mavjudligi;
Ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar normalarini yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlariga o‘tkazish va «tartibga solish gilotinasi» usulini qo‘llash orqali qolgan hujjatlarni, shu jumladan, qonunchilikni tizimlashtirish doirasida har bir idoraning vakolatini bosqichma-bosqich kamaytirish va bekor qilishni nazarda tutuvchi, ular tomonidan qabul qilinayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning aniq ro‘yxatini belgilash bo‘yicha taklif kiritish;
Ikki oy muddatda qonunchilikni tizimlashtirish jarayonida foydalanish maqsadida xalqaro tashkilotlarning taklif va tavsiyalari, ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan xalqaro shartnomalar talablari hamda majburiy tartibda rioya qilinishi kerak bo‘lgan va xuquqiy bazadan chiqarib yuborilmaydigan talablar bo‘yicha yagona ommabop ro‘yxatning shakllantirilishini ta'minlash vazifalari topshirimoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 18.04.2026
Prezident farmoni: ayrim oilalarga kommunal imtiyoz beriladi
10:51 / 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi
14:48 / 03.11.2020
NamDU rektori: «Ta'lim-tarbiya va ilm-fan borasidagi yangi farmon ta'limda korrupsiyani kamaytiradi»
23:58 / 22.09.2020