Bu yigitlar uç yuz dollar evaziga begona brendning bir neça közoynaklarini sotib olib, Facebook’da mobil reklamani yölga qöyişdi. Ilk savdolarni amalga oşirgaç, öz brendlarini yaratiş va pulli trafikka diqqatni qaratişga qaror qilişdi.

Ma'lumotlar:
Sayt: hawkersco.com.
Start vaqti: 2013 yil.
Bugungi kundagi biznes: 2017 yildagi savdo aylanmasi 150 million dollar.
Xodimlar: 100 nafarga yaqin.
Asosçilarning startdagi yoşi: 25.
Asosçilarning avvalgi faoliyati: IT mutaxassislari.
Imkoniyat
Optikaning global bozori har yili 9 mlrd. dollarga baholanadi. Şartli Ray Ban tannarxi 1-3 dollarni taşkil etadi. Brend közoynaklar peştaxtalaridagi közoynaklar narxi köpinça 100 dollardan boşlanadi. Nima uçun bunday böladi?
Öta yuqori narxlarning birinçi sababi – bozordagi monopoliya. Narx siyosatini belgilaydigan eng yirik brend - Ray Ban’ni olaylik. Uşbu brend optika bozorida narxni mustahkamlaydigan Italiyaning Luxottica xoldingiga tegişli. Özingiz xulosa qiling:
Luxottica eng taniqli optika brendlari (Ray Ban, Oakley, Persol)ga egalik qiladi. Şuningdek, maşhur brendlar uçun eksklyuziv optika Chanel, D&G, Michael Kors, Versace va boşqalar) işlab çiqaruvçisi sanaladi.
Kompaniya AQŞ va Yevropadagi oflayn-tarmoqlarga egalik qiladi: LensCrafters, Sunglass Hut, Oliver Peoples, Target Optical.
AQŞda yirikligi böyiça 2-örinda bölgan köriş qobiliyatini tekşiriş servisi Eyemed ham unga tegişli.

Monopoliyani his qilyapsizmi? Luxottica işlab çiqarişdan tortib, okulistlargaça bölgan barça zanjirni nazorat qiladi. Öz mijozlarini bu zanjirdan taşqariga çiqarmaydi. Bu esa u narxni belgilaşini anglatadi. Bundan taşqari, kompaniya boş direktori Luxottica narxni mustahkamlaşini inkor etmaydi.
















