Özbekiston vençur bozori şakllanişining dastlabki bosqiçini boşdan keçirmoqda. Ilk fondlar paydo bölmoqda, akseleratorlar tanlovlar ötkazmoqda, startaplar pitç-sessiyalarga çiqmoqda. Ammo hozirça tizimli yutuqlar kam: aksariyat loyihalar birinçi yildan öta olmaydi, yaşab qolganlari esa kamdan-kam hollarda mamlakat çegarasidan taşqariga çiqadi.

Kun.uz vençur investori, Suğurta Bozor suğurta marketpleysi asosçisi va vençur fondining sobiq direktori Azizbek Qurbonov bilan suhbatlaşdi. Suhbat davomida özbek startaplarining odatiy xatolari va mahalliy ekotizim rivojlanişiga nimalar yetişmayotgani haqida söz bordi.

Birinçi muammo: tajribaga ega bölmasdan startap boşlaş

Eng keng tarqalgan xatolardan biri şuki, asosçilar özlari heç qaçon işlamagan sohada startap boşlaşadi. Logistikada tajribasi yöq odam yetkazib beriş xizmatini oçadi. Işlab çiqariş jarayonlarini tuşunmaydigan jamoa zavodlar uçun ERP-ttizim işlab çiqadi.

«Odamlar bu sohada heç narsa qilmagan, heç qayerda işlamagan, lekin aynan şu tarmoq uçun mahsulot işlab çiqarişga qaror qilişadi. Buning ustiga, jamoada tegişli tajribaga ega maslahatçi ham bölmaydi. Iş bunday bölmaydi», — deydi Qurbonov.

Rivojlangan bozorlarda işlaydigan yeçimlar allaqaçon bir neça bor sinovdan ötgan. Interfeys dizayni, mahsulotlarni işga tuşiriş tartibi, monetizatsiya modellari: bularning barçasini xorijlik raqobatçilar misolida örganiş mumkin. Ammo sohaning öziga xos xususiyatlarini tuşunmasdan turib şunçaki nusxa oliş samara bermaydi.

Ikkinçi muammo: asosçilar orasidagi nizolar

Vençur bozori statistikasi şuni körsatadiki, asosçilar örtasidagi kelişmovçiliklar startaplarning erta bosqiçdayoq yopilib ketişiga olib keluvçi asosiy sabablardan biridir. Biznesda şeriklik madaniyati endigina şakllanib borayotgan Özbekiston şaroitida bu muammo ayniqsa keskin hisoblanadi.

Asosçilar har kuni 10–12 soat vaqtni birga ötkazadilar. Birgalikda pulsiz davrlarni boşdan keçirişadi, investitsiyalar jalb qilişadi, murakkab qarorlarni birgalikda qabul qilişadi. Qadriyatlar yoki işga yondaşuvda özaro mos kelmaslik juda tez namoyon böladi va köpinça loyiha yakunlanişiga olib keladi.

Suğurta Bozor suğurta marketpleysi bunga yaqqol misol böla oladi. Loyiha Asosçilarning operatsion vazifalarga şaxsan özlari kirişişlari tufayli bir million dollarlikdan ortiq ön minglab polislar sotişga erişdi: ular Yandeks.Metrika orqali foydalanuvçilar xulqini tahlil qildilar, sessiyalar yozuvlarini örgandilar va konversiyani bosqiçma-bosqiç yaxşilab bordilar. Natija: konversiya 1–2%dan 25%ga ösdi.