Light | 21:11 / 11.08.2018
81580
2 daqiqa o‘qiladi

Telefon trubkasini ko‘targanda nima uchun “allo” deymiz?

Foto: stock-shutter.

Hozirda telefonni odatiy buyum sifatida qabul qilamiz va u orqali istalgan mavzuda suhbatlashamiz. Biroq telefon suhbatidagi ilk so‘zimiz deyarli “allo” bo‘ladi. U qayerdan kelib chiqqan va nimani anglatadi?

Telefon hayotimizga endigina joriy etilayotgan vaqtda yangilikdan foydalanadigan har bir odam aniq reglamentga amal qilishi lozim edi. Uzoq vaqt davomida telefon ishbilarmon va ta'sirga ega shaxslar uchun ish instrumenti bo‘lgan. Shuning uchun har bir suhbat ilmiy kashfiyotni ulug‘lovchi hodisa edi.

Aleksandr Bell telefon kashfiyotchisi sanaladi, biroq bu apparatning mukammallashuvi va ommalashuviga amerikalik kashfiyotchi Tomas Edison katta hissa qo‘shdi. Aynan u yer sharining yarmida telefondagi suhbat boshlanadigan so‘zni ancha oldin aniqlab berdi.

1877 yilning avgustida Tomas Edison yirik telegraf kompaniyalaridan birining prezidenti bilan yozishmalarni amalga oshirardi. Ovoz signallarini yetkazish va qabul qilish uchun qurilma yordamidagi muzokaralarni reglamentlash asosiy mavzulardan biriga aylandi. Suhbatlarni boshlash uchun Edison “hullo” so‘zini taklif qildi. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell esa “ahou” (ikki kema jamoasi suvda ko‘rishganida ingliz tilida bir-biri bilan “dengizcha” salomlashish)dan foydalanishni targ‘ib qilardi. Ko‘rib turibmizki, birinchi variant omma orasida keng tarqaldi. Bundan chiqdiki, “allo” “hullo”ning ruscha talaffuzdagi shakli.

Bu qiziq: hamma mamlakatlarda ham “hullo” urfga aylanmadi. Masalan, Yaponiyada trubka ko‘tarilganda “Mosi mosi” (“gapiryapman-gapiryapman”), Gretsiyada “Parakalo” (“iltimos qilaman”), Ispaniyada “diga” (“gapiring”) deyishadi.

Mavzuga oid