1785 yil 3 iyunida fransiyalik Fransua Blanşar dunyodagi ilk paraşyutni taqdim qilgan. Paraşyutning xomaki çizmalari bundan ança avval yaşagan Leonardo da Vinçi qölyozmalarida topilgan bölsa-da, biroq aynan Blanşar paraşyutni havo şari falokatga uçraganda qöllanuvçi qutqaruv moslamasi sifatida taqdim qilgan.

Foto: Travelask
Blanşar ilk paraşyutni özida sinab körişga jazm qila olmagan, buning örniga u paraşyutda 300 metr balandlikdan yerga itni taşlagan. U keyingi sinovlarida it örniga qöydan foydalangan. Paraşyut bilan sakragan birinçi odam esa fransiyalik aeronavt Andre-Jak Garnere bölgan va bu 12 yil ötgaç sodir bölgan.

Foto: Getty Images
Bugungi kunda qöllanuvçi paraşyut esa 1911 yilda Kiyev harbiy bilim yurti bitiruvçisi va aktyor Gleb Yevgeneviç Kotelnikov tomonidan yaratilgan.

Foto:Fishki
1875 yil 3 iyunda Aleksandr Grexem Bell “garmonik telegraf”ning magnit mikrofoni yordamida ilk bor nutqni masofaga uzatgan. Bu tajriba pirovard natijada telefonning yaratilişiga olib kelgan. Telefonning ilk muvaffaqiyatli sinovi 5 yildan keyin – 1880 yilda amalga oşirilgan. Qurilma dastlab fotofon deb atalgan.

Foto: ua.tehpo
1994 yil 3 iyunda Casio va Palm Computing kompaniyalari ilk çöntakda olib yuriluvçi kompyuter – Zoomer’ni çiqargan. Bu qurilma ilk bor PDA (personal digital assistant yoki şaxsiy raqamli yordamçi) nomini olgan va Apple Newton bilan raqobat qilişga çorlangan. Aynan Zoomer qurilmasi Apple özining loyihasini tugatişiga olib kelgan. Öşandan keyin Apple biror marta bunday qurilmalar bozoriga çiqişga urinmagan va faqatgina 2007 yilda iPhone’ni yaratib, bu bozorga zafar bilan qaytgan.













