Sport | 08:42 / 13.08.2018
12054
1 daqiqa o‘qiladi

Messi «Barselona» tarixidagi eng ko‘p sovringa ega futbolchiga aylandi

Foto: AFP

Kecha «Barselona» Ispaniya Superkubogi uchun bahsda «Sevilya»dan ustun keldi. Marokashdagi Tanjyer shahrida bo‘lgan o‘yin kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Ispaniya Superkubogi «Barsa» hujumchisi Lionel Messining «ko‘k-anorranglilar» safidagi 33-sovrini bo‘ldi. Shu tariqa, Messi Kataloniya klubi tarixidagi eng ko‘p sovringa ega futbolchiga aylandi. Bunga qadar Lionel va yarimhimoyachi Andres Inesta ikkisida 32 tadan kubok bor edi.

Qayd etish joiz, Messi 2018/19 yillar mavsumida jamoaga sardor etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogidagi ushbu g‘alaba kataloniyaliklar tarixidagi 13-yutuq bo‘ldi. Klubning eng yaqin ta'qibchisi «Real» Superkubokda 10 marotaba g‘olib chiqqan.

Mavzuga oid