Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat bojxona qo‘mitasi: Qozog‘iston chegara-bojxona postidagi tirbandligi bartaraf etiladi
Qozog‘iston «B.Konisbayev» chegara-bojxona postida avtotransport vositalarining tirbandligini bartaraf etish uchun barcha kuchlar safarbar qilinishi hamda qisqa muddatlarda ularni bartaraf etishning amaliy choralari ko‘rilishini bildirdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, DBQ Axborot xizmati internet nashrlarida tarqatilgan O‘zbekistonning «Yallama» chegara-bojxona postiga tutash joylashgan Qozog‘istonning «B.Konisbayev» chegara-bojxona postidagi yuk avtomashinalar tirbandligi yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilgan.
«Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bugungi kunda chegara bojxona postlari orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatini nazorat qilish video-kuzatuv tizimi orqali onlayn tarzda olib borilmoqda.
Mazkur kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, chegara bojxona postlari, xususan «Yallama» chegara bojxona postida O‘zbekiston Respublikasidan qo‘shni davlatlarga kirish-chiqish uchun avtotransport vositalarining tirbandligi kuzatilmayapti».
Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston Respublikasida vujudga kelgan avtotransport vositalarining tirbandligi holatiga aniqlik kiritish maqsadida, doimiy ravishda Davlat bojxona qo‘mitasining mas'ul xodimlari qo‘shni davlatning «B.Konisbayev» chegara-bojxona posti rahbariyati bilan ishchi tartibda muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Muzokaralarda yuzaga kelgan muammoli masalani, jumladan avtotransport vositalarining tirbandligini bartaraf etish uchun barcha kuchlar safarbar qilinishi hamda qisqa muddatlarda ularni bartaraf etishning amaliy choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
11:14 / 09.01.2026
Farg‘onada chegara-bojxona postida giyohvandlik vositalari qo‘lga olindi
11:41 / 16.09.2025
Toshkent viloyatida sinfdoshini o‘ldirgan 16 yoshli bola 8,5 yilga qamaldi
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
20:47 / 27.11.2024