Farğona viloyatining Beşariq tumanida joylaşgan “Ravot” çegara-bojxona postiga Tojikistondan kirib kelgan, Özbekiston tumanida yaşovçi, 1979 yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Davlat xavfsizlik xizmatining Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari, Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida sinçkovlik bilan tekşiruvdan ötkazildi.
Tekşiruv natijasida avtomaşinada 10 kg 739 gr “gaşiş”, 412 gr “marixuana”, 35 gr “opiy” giyohvandlik vositalari, şuningdek, 6945 dona Royal kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari yaşirilgani aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylaştirib olindi.
Ma’lum qilinişiça, hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
Tergov doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlaş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

















