Jamiyat | 18:34 / 16.08.2018
20776
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tashkent City: qurilish xalqaro standartlari

“Tashkent City” XIMning qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Qurilish qismining ayrim maydonchalari - lotlarda inshootlar tiklanayotgan bo‘lsa, boshqalarida poydevor uchun chuqur qazilmoqda, tuprog‘i mustahkamlanmoqda.  

Ishbilarmonlik markazi xalqaro standartlarga muvofiq xorijlik va mahalliy mutaxassislar rahbarligida bunyod qilinmoqda. 7-raqamli Lot loyihasi bilan Uzgüven mimarlik turk kompaniyasi shug‘ullanmoqda, inshootning muhandislik kommunikatsiyalarini esa ushbu mamlakatning yirik kompaniyasi  - Mühendis o‘z nazorati ostiga olgan.

Ayni paytda obektda eng mas'uliyatli va muhim ish yakunlanmoqda: poydevor tuprog‘ini mustahkamlash qurilish jarayonining 30 foizi hisoblanib, aynan shu ishni sifatli bajarilishi imorat mustahkamligini ta'minlaydi.

Bu maydondagi tuproq yetarli darajada zich joylashmaganligi uchun uni mustahkamlash shart. Buning uchun quruvchilar mamlakatimizda yangi bo‘lgan Deep Mixing texnologiyasini ishlatishmoqda. Ulkan parma shaklidagi maxsus poynakning uchi yerni kovlaydi va o‘sha zahoti suv quyilib, sement solinadi. Keyin parma mikser vazifasida bu qurilish ashyolarni kerakli miqdorda tuproq bilan aralashtiradi. Shu tarzda taxminan besh qavatli uyga teng 14 metr chuqurlikdagi qoziq paydo bo‘ladi. 

Bir hafta o‘tgach, uning sifatini sinash uchun namuna olinadi, ikki haftadan so‘ng maxsus qurilmalar yordamida qoziqlarning mustahkamligi tekshiriladi. Agar olingan ko‘rsatkichlar me'yorga mos kelmasa, tuproq qo‘shimcha yer osti qoziqlari bilan mustahkamlanadi. Qoziqlarning soni 6000 ga yaqin bo‘lib, har birining diametri 80 sm.ni tashkil etadi.

Amaliy tekshiruvlarning barcha bosqichi yakunlangach poydevor quyiladi, so‘ng arxitektura loyihasiga muvofiq, inshootga metall karkas kiygiziladi.

Foto: Tashkent City

7-raqamli Lot milliy me'morchilik ko‘rinishini o‘zida namoyon etgan Yevropa saylgohi bo‘lib, 6 qavatli binolardan iborat. Binoning pastki qavatida qahvaxona, restoranlar, savdo shoxobchalari, taniqli brendlarning butiklari, yuqori qavatlarida esa turar joy va mehmonxona majmualari, ofislar joylashadi. Har bir uyning ichki hovlisi bo‘lishi rejalashtirilib, derazalar hovliga qaratilgan bo‘ladi. Imoratlarning fasadi sayilgoh kabi tabiiy toshlar bilan qoplanadi. Qurilish nuqtai nazaridan bu chidamli texnologiya hisoblanadi. Toshdek mustahkam qurilish materiali uzoq muddatga xizmat qiladigan tashqari muhit, har qanday harorat va yong‘inga bardosh bera oladi. Loyiha va dizaynerlarning fikricha, binoning bunday qoplanishi yevropalashgan qadimiy o‘ziga xoslik va milliy me'morchilik bilan uyg‘unlashganda loyihaning serqirra hamda yorqinligini shakllantiradi.

Foto: Tashkent City
Foto: Tashkent City

Tuproqni  mustahkamlash ishlari tugatilgandan so‘ng, qurilishning birinchi bosqichi – sayilgohning ichki inshootini qurishga o‘tiladi. Qurilishning ikkinchi bosqichi inshootning serqatnov yo‘lga tutashuvchi tashqi qismini barpo etishni o‘z ichiga oladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid