Sport | 19:36 / 17.08.2018
6397
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sport delegatsiyasining asosiy qismi Jakartaga yetib bordi

Ertaga Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida XVIII Osiyo o‘yinlari rasman start oladi.

Shu kungacha futbol, ot sporti, tennis, penchak silat, akademik eshkak eshish, slalomda eshkak eshish, boks, qilichbozlik, yengil atletika bo‘yicha terma jamoalarimiz Indoneziyaga yetib kelishgan edi.

Bugun O‘zbekiston delegatsiyasining katta qismi, jumladan, taekvondo WTF, ushu, suzish, erkin va yunon-rum kurashi, og‘ir atletika bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilar Osiyo o‘yinlari poytaxtiga yetib kelishdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi bergan xabarga ko‘ra, ularni mahalliy «Soekarno Hatta» xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchixonasi vakillari, Milliy olimpiya qo‘mitasi ishchi guruhi a'zolari, Jakartada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz, shuningdek, tashkiliy qo‘mita tomonidan O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun biriktirilgan ko‘ngillilar kutib olishdi.

Foto: MOQ axborot xizmati

Sportchi va murabbiylarimiz aeroportdan to‘g‘ri Kemayoran dahasidagi Olimpiya shaharchasiga yo‘l olishdi. Ular Osiyo o‘yinlari davomida aynan shu yerda istiqomat qilishadi.

Ma'lumot uchun, ertaga soat 18:08da (Toshkent vaqti bilan 16:08) Jakartadagi «Gelora Bung Karno Stadium»da XVIII Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 19 avgustdan esa asosiy musobaqalarga start beriladi. O‘sha kuni suzish, erkin kurash, ushu, o‘q otish, akademik eshkak eshish, tennis hamda qilichbozlik bo‘yicha bahslarda sportchilarimiz o‘z ishtiroklarini boshlashadi. Shuningdek, futbolchilarimiz Tailand terma jamoasiga qarshi guruhdagi so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazadilar.

Foto: MOQ axborot xizmati
Foto: MOQ axborot xizmati
Foto: MOQ axborot xizmati
Foto: MOQ axborot xizmati
Foto: MOQ axborot xizmati

Mavzuga oid