08:30 / 19.08.2018
13126

Messi mavsumning ilk o‘yinida «Barselona»ga yirik g‘alaba keltirdi

«Barselona» Ispaniya Primerosining birinchi turida «Alaves» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Bahs Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tdi va 3:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

Birinchi bo‘limda darvozalarga to‘p kiritilmadi. 64-daqiqada kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi jarima zarbasidan hisobni ochdi. Bu gol «Barselona»ning La Ligadagi 6000-goli bo‘ldi. 83-daqiqada ko‘k-anorranglilar jamoasi ikkinchi golni urishdi – Arturo Ramosning uzatmasidan so‘ng Filippe Koutino mehmonlar darvozaboni Fernando Pachekoni dog‘da qoldirdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Messi dubl qayd etib, o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Navbatdagi turda «Barselona» 25 avgust kuni mehmonda «Valyadolid»ga qarshi maydonga tushadi, «Alaves» esa o‘z maydonida «Betis»ni qabul qiladi.

La-Liga, 1-tur
18 avgust, «Kamp Nou» stadioni

Barselona – Alaves 3 : 0
Gollar: 1:0 – 64 Lionel Messi, 2:0 – 83 Filippe Koutino, 3:0 - 90+2 Lionel Messi
Barselona - Mark-Andre ter Shtegen, Nelson Semedu (Filippe Koutino, 46), Jordi Alba, Jyerar Pike, Samuel Yumtiti, Serxi Roberto, Serxio Buskets (Arturo Vidal, 85), Ivan Rakitich, Usman Dembele (Artur Ramos, 77), Luis Suares, Lionel Messi.
Alaves - Fernando Pacheko, Martin Padilya, Ruben Duarte, Viktor Laguardiya, Gilermo Maripan, Daniel Torres (Borxa Gonsales, 68), Xonatan Rodriges (Adrian Marin, 68), Mubarak Vakaso, Manu, Ibay Gomes, Ruben Sobrino (Burgi, 71). 
Ogohlantirishlar: Daniel Torres (10), Gilermo Maripan (41).

Top