22:22 / 20.08.2018
20175

Hayit arafasida bir oila uy-joyli bo‘ldi

Yaxshilikka intilib yashagan inson bir amal bilan eng kamida ikki kishini xursand etadi: ulardan biri o‘sha yaxshilikdan manfaat topgan inson bo‘lsa, ikkinchisi o‘sha xayrli amalning egasi. Hech e'tibor qilganmisiz, yaxshi amalni qilishingiz bilan ko‘nglingiz yengil tortadi, bu ishdan qalbingiz orom topadi. Bugun mana shunday yaxshi amallarning xayrli natijasi haqida so‘zlab bermoqchimiz. KUN.UZ tahririyatiga juda ko‘plab murojaatlar bilan turli insonlar bog‘lanadi. Ammo Sultonbek va uning onasi bilan biz boshqa holatda tanishgandik

Ko‘chada mashina shinalarini qoraytirib berishini taklif etgan bolakay e'tiborimizni tortgan payt u bilan dildan suhbat qurgandik. Uning aytishicha, oilaviy sharoit sabab ko‘chada mehnat qilishga chiqadi. Aslida, uy-joy yo‘qligi oilaning asosiy muammosiga aylangan keyinchalik ma'lum bo‘ldi. Uning onasi Gulchehra opa ham shu so‘zlarni tasdiqladi. 

Ana shundan so‘ng opaga beminnat yordam ko‘rsatib, bir oilaga xayriya qilmoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimiz ko‘p bo‘ldi. Endi Gulchehra opa va besh bolaning uyi bor. Ular bunday o‘zgarishni umuman kutmaganini, uy-joyli bo‘lish orzusi haqida to‘lqinlanib gapirarkan, faqat yig‘i aralash gapirdi. Ha, bu baxt ko‘z yoshlari, uning so‘zlaridagi qaltiroq esa sevinchdan paydo bo‘lgan. 

Biz ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti arafasida oilaning yangi uyga ko‘chib o‘tganidan xursand bo‘ldik. Balki ularga yordam qilgan kishilarning ham ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgandir, hammasidan ham bolalarning onasi baxtiyor. Nima bo‘lganda ham bir vatanli bo‘ldik deya suyunadi. Kun.uz mazkur oilaga yordam qilib, xayriya qilmoqchi bo‘lgan saxiy yurtdoshlarimizni yana bir marta xayrli ishlarga chorlab qoladi. Zero, bu yaxshilikdan barchaning ko‘ngli ko‘tariladi.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun:

Gulchehra Nasriddinova
Agro bank (Click, PayMe): 8600 0417 7728 8482

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Top