O‘zbekiston | 22:51 / 21.08.2018
14010
1 daqiqa o‘qiladi

110 dan ziyod mamlakatda avtomobillarni ijaraga beruvchi  kompaniya O‘zbekistonda ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda

Dunyoning 110 dan ziyod mamlakatida avtomobillarni ijaraga beruvchi Sixt kompaniyasi O‘zbekistonda ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda. Lotte City Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan Sixt Uzbekistan kompaniyasining ochilishida shu haqida ma'lum qilindi. 

Endi O‘zbekiston aholisi va bu yerga tashrif buyuruvchi mehmonlar Sixt Uzbekistan xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. 

Kompaniyaning ustuvor jihatlaridan biri shundaki, siz mashinani istasangiz, haydovchisi bilan, istamasangiz, haydovchisiz ijaraga olishingiz mumkin. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya xizmatlari hamyonbop va undan butun O‘zbekiston bo‘ylab foydalanish imkoni mavjud.