300 ming sömga “sotib olingan” ölim
Sönggi paytlarda ma’lum bir mablağ evaziga voyaga yetmaganlarga ijaraga maşina beriş mudhiş YTH va ölimlar bilan yakun topyapti. Navoiy va Namangan viloyatlarida kuzatilgan holatlar bunga yaqqol misol.
Jumladan, 2024 yilning 23 aprel kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanida inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Keyinçalik YTHga uçragan Matiz maşinasi Karmana va Navoiy şahridagi maktablarning 8- va 9-sinf öquvçilari tomonidan ijara olingani oydinlaşdi.

Öquvçilar maşinada qöşni Nurota tumaniga sayohatga borgan. Ular ortga qaytişda ruldagi öquvçi boşqaruvni yöqotib, YTH sodir qilgan. Buning oqibatida 2 öquvçi voqea joyida halok bölgan. Uçinçi öquvçi esa oğir tan jarohati bilan Karmana tumani markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
2 oktyabr kuni Namangan şahrida ham şu kabi YTH sodir böldi. 5 nafar öquvçi ijaraga Gentra maşinasini olib, şaharning Marğilon köçasi böylab katta tezlikda boşqarib borayotganida yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketgan. Yöl örtasidagi beton tösiqdan oşib ötgan maşina yuk maşinasiga borib urilgan.

YTH oqibatida 3 nafar ösmir vafot etgan. Şuningdek, ikki ösmir oğir tan jarohati olib RŞTYoIM Namangan viloyati filiali jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Namangan viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, Gentra egasi maşinani voyaga yetmaganlarga 300 ming söm evaziga ijaraga bergan. Uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotgani bildirilgan.
“200 ming söm evaziga 2 soatga ijaraga bergan ekan”
Namangandagi YTHda halok bölgan Ayubxon Akramovning bobosi Olimjon Akramov haydovçilik guvohnomasi bölmagan bolalarga maşina beriş jazolanişi kerakligini ta’kidladi.











