Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda talabalar o‘rtasida matematika bo‘yicha xalqaro olimpiada o‘tkaziladi
O‘zbekistonda ikki yilda bir marta Islom Hamkorlik Tashkilotining Ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha doimiy qo‘mitasi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar qo‘llab-quvvatlashi ostida oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida matematikadan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadani o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bu haqida KUN.UZ'ga ma'lum qildi.
Matematika bo‘yicha ilk olimpiada 2018 yil oktabrining uchinchi o‘n kunligida Urganch shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Olimpiada yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga davlat granti asosida kirish huquqini qo‘lga kiritishadi. Ta'kidlash joizki, bu ta'limning matematika, fizika, axborot texnologiyalari, shuningdek muhandis-texnik profil yo‘nalishlari bazasidagi magistratura ixtisosliklari bo‘yicha tegishli qabul kvotasidan tashqari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan Olimpiada g‘olibi oliy ta'lim muassasasi bakalavriatini tugallagan vaqtdan boshlab uch yil davomida mazkur huquqqa egalik qiladi.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026