Olimlar tomonidan “Sun’iy intellekt va matematika böyiça Leyden deklaratsiyasi” e’lon qilindi. Hujjatda sun’iy intellekt sohasidagi şov-şuvlar va marketing bayonotlariga tanqidiy yondaşiş zarurligi qayd etilgan.

Xalqaro matematiklar ittifoqi vitse-prezidenti, Ulrike Tilmannning ta’kidlaşiça, matematik tadqiqotlarning kelajagi inson fikri, şaffof ilmiy amaliyot va jahon matematik hamjamiyatining umumiy qadriyatlari asosida belgilanişi lozim.

Deklaratsiya mualliflari texnologik kompaniyalar sun’iy intellekt mahsulotlarining imkoniyatlarini yuqori baholaşdan moliyaviy manfaatdor ekanini ta’kidlagan. Şu sababli ular siyosatçilarga qaror qabul qilişda matematika va boşqa sohalar böyiça mutaxassislar bilan maslahatlaşişni, matbuot relizlari yoki ommaviy axborot vositalaridagi materiallarga kör-körona işonmaslikni tavsiya qildi.

Olimlarning fikriça, sun’iy intellekt modellari ba’zan işonçli körinadigan, ammo çuqur tekşiruvda notöğri ekani ma’lum böladigan yeçimlar va isbotlarni ham yaratişi mumkin.

Lesli Enn Goldbergning ta’kidlaşiça, ba’zi hollarda sun’iy intellekt tomonidan taqdim etilgan notöğri yeçimlarni haqiqiy matematik isbotlardan ajratiş juda qiyin. Bu esa jiddiy muammo tuğdiradi, çunki ilmiy tadqiqotlar odatda avvalgi ilmiy işlarga tayanadi va olimlar e’lon qilingan natijalarning haqiqiyligiga işonç hosil qilişi kerak.

Deklaratsiyada yana bir muhim muammo — ilmiy tadqiqotlarni moliyalaştiriş masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Mualliflar keyingi yillarda akademik tadqiqotlarga mablağ jalb qiliş qiyinlaşayotganini, köplab olimlar esa sun’iy intellekt sohasiga qiziqişning ortişi tufayli öz faoliyatini şu yönalişga moslaştirişga majbur bölayotganini qayd etgan.

Şu bilan birga, sun’iy intellekt kompaniyalari matematiklar uçun yangi iş örinlari yaratayotgan bölsa-da, oliy ta’lim va fundamental ilmiy tadqiqotlar sohasi mablağ yetişmasligidan aziyat çekayotgani ta’kidlangan.

Olimlar yana bir bahsli masalaga e’tibor qaratdi: köplab sun’iy intellekt modellari ilğor ilmiy işlar asosida öqitiladi, ammo bu jarayon köpinça mazkur ilmiy işlarning mualliflari roziligisiz amalga oşiriladi.

Deklaratsiyada matematikadan taşqari kengroq masalalar ham kötarilgan. Xususan, sun’iy intellekt industriyasi harbiy texnologiyalar va ommaviy kuzatuv tizimlarini yaratişda iştirok etayotgani, dezinformatsiya tarqalişiga hissa qöşayotgani hamda qöşimça ekologik muammolarni keltirib çiqarayotgani haqida ogohlantirilgan.