Londonda 40 mingta, Toshkentda esa 103 mingta daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish rejalashtirilgan. Faqat qachon?
London va Toshkent o‘z fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish niyatida.
Buyuk Britaniya poytaxtini milliy «shahar parkka» aylantirish rejalashtirilgan. Hozirda Londonda 8 millionta daraxt bor.
London meri atrof-muhit sohasiga 1,9 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritmoqchi va 40 ming daraxtga ega parklarni barpo etmoqchi.
«Londondagi ko‘plab parklar XIX asrda barpo etilgan. Binolar doimiy ravishda «o‘smoqda», qurilishlar ketmoqda. Endi bizga yashil parklar kerak», - deydi britaniyalik professor Maykl Betti.
Misol uchun, yaqin yillarda Londonda 500ta yangi binoni qurish rejalashtirmoqda, garchi ulardan ba'zilari allaqachon qurilgan bo‘lsa-da, hech qanday daraxtlar ekilmagan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, yirik shaharlarda daraxtlar har yili 500 million dollargacha tejash imkonini beradi. Birinchi navbatda, daraxtlar havoni tozalaydi, odamlarni issiqdan himoya qiladi va kislorod chiqaradi.
2017 yilda O‘zbekiston prezidenti avtomobil yo‘llarini, shu jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari hamda shahar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha maxsus dasturni tasdiqladi.
Dasturga muvofiq, 2018-2020 yillar mobaynida respublikadagi yo‘llar bo‘ylab 1,6 milliontadan ziyod daraxt va butalar, shuningdek, shahar ko‘chalarida 782 mingta, shundan 103 mingtasi poytaxtda ekilishi rejalashtirilgan.
Garchi O‘zbekistonda turli dasturlar odatda «aniq» qabul qilinsa-da, har doim «gacha» qo‘shimchasi mavjud. Agar hozir daraxtlar haqida so‘rasa, javob tayyor: 2020 yilgacha. Dastur 2017 yilda qabul qilingan bo‘lsa ham, davlat deyarli bir yilni yo‘qotdi.
«Yana bir oz sabr qiling, yana 2 yil qoldi, yaqinda daraxt ko‘chatlarini o‘tqazamiz. Hozir 2018 yil-ku, yana 2 yil kutish mumkin», - deyishadi sizga mas'ul shaxslar.
Biz daraxtlarni raqamlashtirish haqida yozib ham o‘tirmaymiz, bunda har bir daraxt ro‘yxatga olinishi va uni parvarish qilish bilan shug‘ullanish kerak.
O‘zbekistonda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. Umid qilamizki, binolar sonini ko‘paytirish orqali biz 103 mingta daraxt haqida unutib qo‘ymaymiz.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024