Toşkentda EKU usulida homilador bölişi kerak bölgan bir guruh ayollar xususiy markaz tomonidan aldanib qolgani aytilmoqda. Murojaatçilarga köra, klinika ta’sisçilarining kelişmovçiligi, kasodga uçragani sabab uning poytaxtdagi filiali yopilgan, rahbari esa Turkiyaga qoçib ketgan. Uruğlantirilgan embrionlar, tölangan pullar bilan nima bölişi, ayollarga kim yordam qilişi esa noma’lum.
Farzand ne’mati, u bölmasligining iztiroblari, farzand köriş uçun yillab şifokorma-şifokor umr ötkazuvçlar... Söngi yillarda mana şunday befarzand oilalar uçun EKU texnologiyasi, qaysidir manoda najot bölib qoldi.
EKU bu – ekstrakorporal uruğlantiriş bölib, bepuştlik taşxisi qöyilgan yoki ançadan beri farzandli böla olmayotgan oilalar uçun zamonaviy reproduktiv texnologiya sanaladi. Bunda tuxum hujayralar va spermatozoidlar laboratoriyada uruğlantirilib, hosil bölgan embrionlarning sifatlisi baçadonga köçiriladi. Ortib qolganlari esa muzlatiladi.
Bu noodatiy tibbiy jarayon oson ham, arzon ham emas. Lekin uzoq yil, köp mablağ va turli muolajalar orqali köz tikilgan umid sarobga aylansa-çi? Toşkent bir guruh oilalar bilan şu holat kuzatilmoqda.
“Bor umidimiz mana şu EKU markazidan edi”
Farzand körişni istab, “Turk-Bukhara ECO markaz”ining Toşkentdagi filialiga borgan 100 dan ziyod ayollar mana şu jarayonlar yakunlanmaganidan norozi, ular Kun.uz'ga murojaat qildi. Ta’kidlanişiça, bemorlar yoz oylarida markazda röyxatdan ötib, şartnoma qilgan. Tibbiy xizmatlar uçun 42,6 mln sömdan tölov qilişgan.
Sentyabr oyida sun’iy uruğlantirilgan embrionlar baçadonlariga transfer qilinişi, homilador bölişi kerak bölgan.
Klinikaning faoliyati tösatdan töxtatilişi ortidan işlar oxiriga yetmagani, markaz ta’sisçisi esa Turkiyaga qoçib ketgani aytilmoqda.
“16 yildan beri şu muammo bilan kuraşib kelyapmiz, hamma joyga murojaat qilganmiz, oxirgi umidimiz faqat EKU bölgan, oxirgi umidimizni söndirmaslik uçun şu EKUga kelganmiz. Lekin şu umidimiz ham qolmadi. 3 oydan beri bizni aldab kelişadi, “ana böladi, indinga böladi” deb. 15 kun “moyka”ga yopilişdi, “oktyabrning boşida oçiladi” deyişdi, keyin unda ham oçilmadi, hozir borsak klinika yopiq. Bizga javob beradigan heç kim yöq, mas’ullarga murojaat qilamiz desak, telefoni öçirilgan.
Biz bilan faqat şifokorimizning tarjimon qizi aloqada, savollarimizga javob berib turibdi. Bölişi kerak bölgan narsani orqaga çözib, rosa bizni aldaşdi. Endi bu kimningdir orasidagi muammoga biz qurbon bölyapmiz. Prokuraturaga bordik, içki işlarga murojaat qildik, heç qayerdan ijobiy javob yöq”, – dedi murojaat qilganlardan biri.
“Avgustda operatsiya bölib, folekulani topşirganmiz, yiğib olişgan. Endi oktyabr oyida [embrionni] transfer qilişlari kerak edi, ular sentabr oyida [klinikani] yopib ketişgan. Mana 2 oy bölyapti, ulardan darak yöq. 42 mln 600 ming söm tölov qilganmiz, hozir 52 nafar odamga [embrion] transfer qilinişi kerak, bundan taşqari 127 kişining embrionlari muzlatilib, puli tölangan. Bizning embrionlarimiz klinikada turibdi, lekin beqarov qolib ketgan. U qanday holatda turibdi, buni bilmaymiz.
Farzand uçun majbur borganmiz-da... Bu ayollarning hozir oilasi buzilyapti, misol uçun, meniki ham buzilyapti, menga ham şart qöyilgan: “agar farzanding bölsa, qolasan, bölmasa ketasan” degan. Şuning uçun neçta ayollarning hayoti buzilyapti, ayollar “tayoq yeb” ketyapti”,– deydi şaxsini oçiqlaşni istamagan fuqaro.
Iyul oyida markazga borib, sentabrda embrioni transfer qilinişi kerak bölgan ayollardan birining aytişiça, ayrim oilalar markazga qilinadigan tölovni kredit olib, uyni sotib amalga oşirişgan.
“Kimlardir kredit olgan, kimlardir qarz olgan, farzand uçun molini, uyini sotib kelganlar ham bor. [Özimni] xörlangandek his qilyapman, qanday his qilaman?! Uyim janjal, töpolon, qizlarimizni eri haydab yuborgan, kimningdir qaynonasi haydab yuborgan, kimdir “özimni öldiraman” deb aytadi, bizga ham mundoq yordam beradigan odam bordir. Begona mamlakatdan kelib, Özbekiston ayollarini şunday xörlaşyapti, nahotki bizni himoya qiladigan odam bölmasa?
Farzandsiz ayollar köylaksiz, yalanğoç odamga öxşaydi, men buni sizga gap bilan tasavvur qildirib berolmayman. Çunki oila farzand bilan mustahkam böladi, bor umidimiz mana şu EKU markazidan edi. Köça-köyda farzandlilarni körsam, bir çuqurlikka tuşib qolganga öxşayman, sizlar yordam berib, şu EKU markazi oçilsa yoki pulimizni qaytarib bersa, boşqa klinikaga ötkazib bersa ham mayli. Davomini öşa klinikada qilib, xudo xohlasa farzandli bölamiz degan umiddamiz”,– deydi yana bir ayol.
Fuqarolarning aytişiça, klinika ta’sisçilari asli 3 nafar turk bölib, pulning ortidan ular örtasida kelişmovçilik yuzaga kelgan. Şu sabab markazning Toşkentdagi filiali rahbari barça hisoblarni muzlatib, klinikani yopgan va Turkiyaga qoçib ketgan.
Rahbarlarga boğlanib bölmadi
Kun.uz klinika nima uçun tösatdan yopilib qolgani, embrionlar taqdiri nima bölgani hamda körsatilmagan tibbiy xizmat haqlari qaytariladimi yoki yöq – şularni biliş maqsadida markaz rahbarlariga boğlanişga urindi.
Xususan, “Turk-Bukhara ECO markaz” MÇJ Instagram sahifasidagi, Statistika agentligidan olingan ma’lumotnomadagi hamda markazning uçinçi ta’sisçi va rahbari Dönmez Hasanning şaxsiy raqamiga qönğiroq qildik.
Saytdagi va Dönmez Hasanning raqamlariga boğlanib bölmadi, ma’lumotnomada keltirilgan raqam egasi esa manzilda adaşib tuşganimizni bildirdi. Umuman, markazning Toşkent hamda Buxorodagi egalari bilan telefon orqali boğlanişning imkoni bölmadi.
“Klinika kasodga uçragan”
“Turk-Bukhara ECO markaz”ning Toşkentdagi filiali xodimining tahririyatga ma’lum qilişiça, hozirgi kunda nafaqat bemorlarning pullari va embrionlari, balki xodimlarning maoşi ham berilmagan.
“15 kişining oyligi berilmagan, endi bu örtaça 5 mln sömdan-da. 2 oylik [maoşi berilmagan]. Bemorlar esa 40 mln [sömdan ortiq] tölov qilişgan. Xodimlar prokuraturaga ham murojaat qildi. Klinika rahbarlariga murojaat qilganimizda bir-biriga taşlaşyapti, “u tölasin, bu tölasin” deb. Şu sabab prokuraturaga yozdikki, davlatning özi hal qilsin. Kim yegan bölsa, öşandan tölattirsin deb.
3 nafar ta’sisçi oçgan bu klinikani, bittasi ketib yuborgani hisobiga qolgan ikkitasi böynidan olib taşlayapti: "men yemaganman" deb. Yemagan bölolmaydi, u hissador bölgani uçun klinika foyda qilgan vaqtda u foydasini olgan. Klinika zararga tuşgan vaqti qoçişyapti”, – dedi sobiq xodim.
Klinika haqiqatan ham kasodga uçragani yoki yöqligini biliş uçun markazning boş hisobçisi bilan ham boğlandik, ammo u gapirişni istamadi.
Şundan kelib çiqilsa, hissadorlar örtasida haqiqatan ham kelişmovçilik yuzaga kelgan bölişi mumkin. Kun.uz markazga oid ma’lumotlar, unga berilgan litsenziya haqida ma’lumot oliş uçun SSV va Toşkent şahar prokuraturasiga sörov yubordi.












