Sport | 10:04 / 24.08.2018
4039
2 daqiqa o‘qiladi

“Formula-1” jamoasi nomini o‘zgartirgani uchun barcha ochkolardan mahrum bo‘ldi

Foto: AP

“Formula-1”ning “Fors Indiya” jamoasi nomini o‘zgartirgach, 2018 yilgi mavsum davomida konstruktorlar kubogida qo‘lga kiritgan barcha ochkolarini yo‘qotdi. Bu haqda Xalqaro avtomobil federatsiyasi ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, endilikda jamoaning to‘liq nomi Racing Point Force India kabi yangraydi (avvalgi nomi Sahara Force India F1 Team). Jamoa yangi nom ostida, biroq noldan boshlab ishtiroklarini davom ettiradi, chunki rasman chempionatning yangi ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoa chempionatning avvalgi 12 bosqichida 59 ochko to‘plab, konstruktorlar kubogida 10 jamoa ichida 6-o‘rinni egallayotgandi.

Jamoa o‘z nomini o‘zgartirgach, 24-26 avgustda bo‘lib o‘tadigan Belgiya Gran-prisida ishtirok etishga ruxsat oldi.

Avvalroq egalarini o‘zgartirgan jamoa yuridik sabablar tufayli Belgiyada o‘z nomi ostida ishtirok eta olmasligi ma'lum qilingan. Avgustda jamoaning yangi egasi kanadalik tadbirkor Lourens Stroll boshchiligidagi konsorsium bo‘lgani ma'lum bo‘lgan. 

Mavzuga oid