Jahon | 11:57 / 24.08.2018
17338
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyoh o‘ziga tashlangan qo‘ng‘ir ayiqni qo‘rqitib yubordi

Foto: Getty Images

Ispaniyaning Val-d’Aran tumanida qo‘ng‘ir ayiq Fransiyadan kelgan sayyohga hujum qildi, ammo u yirtqichni qo‘rqitib yubordi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.

Fransiyaning Nant shahridan bo‘lgan 22 yoshli Lyuka Merle (Lucas Meurlet) Ispaniya Pireneylarida otasi va akasi bilan birga sayohat qilgan. Ayiq bilan uchrashuv u qoyaga bir o‘ziga chiqib ketganida yuz berdi.

Uning yo‘ldoshlari yigit uchta bolasi bo‘lgan ayiqning oldiga qarab ketayotganini payqab qolishgan. Ular uni ogohlantirishga urinishdi, lekin bu juda kech edi. Lyuka yirtqich bilan yuzma-yuz kelgan. Hayvon bu yigit o‘z bolalariga hujum qilmoqchi ekani haqidagi qaror kelgan, hamda unga qarab chopib ketgan.

Turist qochishga uringan, ammo ayiq orqada qolmadi. «Men oyoqlarim pand berayotganini his qildim», - deb eslaydi u. Qochishning uddasidan chiqa olmasligini tushunib, Lyuka to‘xtagan va hayvonni qo‘rqitish uchun qo‘llarini baland ko‘targan. «U men tomonga ikki marta tashlandi, uchinchisida esa og‘zini katta ochdi, - deydi u. -  O‘shanda men o‘zimda jasorat topdim va ayiqqa yashashni xohlayotganimni ko‘rsatish uchun kuchim boricha baqirdim. U chindan ham ortga chekindi, keyin esa ketib qoldi».

Shundan keyin, yosh yigit butalar ichida yashiringan, uning otasi tezkor xizmatlarni chaqirdi. Sayyohlar uchun uchta vertolyot yuborilib, ularni evakuatsiya qilishdi.

 

Mavzuga oid