Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik sayyohlarning O‘zbekistonda qolish muddatini uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi
Mamlakat Bosh konsulxonasi ko‘magida Qirg‘izistonning janubiy mintaqalaridagi yetakchi sayyohlik kompaniyalari, tadbirkorlar hamda O‘sh viloyati va shahar ma’muriyati rasmiy vakillaridan iborat delegatsiyaning Buxoro shahriga tashrifi amalga oshirildi.
Foto: "Dunyo" AA
Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Buxoro viloyat hokimligi rasmiy vakillari hamda mahalliy turizm kompaniyalari ishtirokida davra suhbati va V2V uchrashuvlar tashkil qilindi.
Uchrashuvda sayyohlik kompaniyalari o‘z imkoniyatlarini namoyish qilishdi, Buxoro viloyati va O‘sh viloyatining turizm salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, mavjud turizm imkoniyatlaridan foydalanib, xorijiy sayyohlarning respublikada ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddatlarini uzaytirish bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazildi.
Buxoro viloyatining Tour East, Euro Vostok, Jasmin Travel, Ziyarat Travel, Al-voris Travel kabi yetakchi turistik kompaniya bilan sayyohlar almashinuvi bo‘yicha 10 ga yaqin memorandum imzolandi.
Mavzuga oid
17:45 / 13.05.2026
Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Tashiyevning ishi maxfiylashtirilib, sudga yuborildi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026