Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand xalqaro aeroportida yaroqsiz tibbiy uskunalar olib o‘tilishining oldi olindi
Samarqand xalqaro aeroportiga “Domodedovo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Q.A. bojxona nazoratidan o‘tayotganida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 39 turdagi umumiy bahosi 10 million so‘mga yaqin tibbiyot uskunalarini yashirib o‘tayotganligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlangan holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Sud fuqaro Q.A.ning qilmishini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emasligini e'tirof etib, uning muqaddam ma'muriy javobgarlikka tortilmaganligini inobatga olib tegishli qaror chiqardi.
Fuqaro Q.A. O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22722-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, sud O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.
Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan tibbiyotda foydalaniladigan uskunalar tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Ma'lumot o‘rnida: joriy yil boshidan buyon “Samarqand aeroporti” chegara bojxona postida 10218 dona umumiy qiymati 165 million 559 ming so‘mlik tibbiy amaliyotda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan tibbiyot buyumlari hamda dori vositalari olib kirilishi oldi olingan.
Mavzuga oid
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026