Jamiyat | 00:11 / 29.08.2018
3623
2 daqiqa o‘qiladi

“Vaqf” fondi tomonidan Surxondaryodagi masjid va madrasalar uchun kitob yig‘ish aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan masjidlar uchun kitob yig‘ish keng ko‘lamli xayriya aksiyasi davom etmoqda. Ushbu aksiyadan maqsad O‘zbekistondagi barcha masjidlarga Qur'oni karim, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub kitoblar va ko‘plab diniy-ma'rifiy asarlarni yetkazib berishdir.

Aktsiyada pul o‘tkazish yoki kitob berish orqali qatnashish mumkin. Har kuni yig‘ilgan mablag‘ haqida ma'lumot berib boriladi.

Ayni damda sakkizinchi bosqich doirasida Surxondaryo viloyati uchun yig‘ilgan mablag‘ yig‘ilmoqda va bugunga qadar 7 079 109 so‘m yig‘ishga muvaffaq bo‘lindi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi ushbu loyihada kitob yig‘ish uchun viloyatlardan ko‘ngillilarni hamkorlikka chorlaydi!

Ma'lumot uchun: So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)

Murojaat uchun telefon raqami: (71) 150 64 36

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid