12:36 / 30.08.2018
8183

Xalqaro maqom san'ati anjumaniga tayyorgarlik yakunlanmoqda (foto)

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom san'ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida“gi qaroriga asosan joriy yil 6-10 sentabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san'ati anjumani bo‘lib o‘tadi.

Bu nufuzli tadbirda milliy mumtoz san'atimiz jozibasi namoyish etiladi, mahalliy va xorijlik musiqashunoslar, olimlar, xonanda va sozandalar o‘zaro fikr almashadi, “Maqom musiqa san'ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Shahrisabzdagi “Oqsaroy” majmuasida anjumanni o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari deyarli yakuniga yetay deb qoldi.

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Mavzuga oid
Top