Kelajakning haqiqiy istiqboli
Turkiyalik mutaxassislar «Tashkent-City» hududida “A” toifadagi innovatsion bino qurishni rejalashtirishmoqda.
№2-raqamli lot-bu faol ishbilarmonlik hududi hisoblanadi. Umumiy maydoni 4,5 ga bo‘lgan yerda bir vaqtning o‘zida ko‘p funksiyali besh osmono‘par bino paydo bo‘ladi. Ulardan ikkitasi 20 qavatli har biri 75 metrli binodir. Ularda ofis, savdo markazi, sog‘lomlashtirish kompleksi, basseyn, fitnes-markaz, kafe va restoranlar joylashadi. Qolgan uchta 18 qavatli binoda esa hashamatli yuqori texnologiyali uylar joylashadi. “Aqlli uy” degani bu zamonaviy dizayn, qulay tuzilishli uy bo‘lib, uni qurishda nanotexnologiya va yuqori sifatli qurilish materiallari qo‘llanadi.
“Aqlli uy”ning inkor etib bo‘lmaydigan afzalliklariga quyidagilar kiradi:
- Shaharni har taraflama ko‘rish imkoni;
- Shovqin va termoizolyatsiya;
- Masofaviy boshqarish imkoniyati;
- Mahalliy internetga ulanganlik;
- Shovqinsiz tez ishlaydigan liftlar;
- Yong‘in xavfsizligining sensor signalizatsiyasi;
- Yer osti avtomobil to‘xtash joylari;
- Yo‘l-yo‘lakay xarid qilish mumkin bo‘lgan savdo markazlari.
Tashkent City XIMda, shu jumladan, ishbilarmonlik faoliyati hududi hisoblangan Lot № 2 da inshootlar yer ostida ham paydo bo‘ladi: zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan yer osti avtomobil turar joylari, texnika va savdo muassasalari, shular jumlasidandir.
Binoni barpo etishda keng ko‘lamli qurilish jarayonini tezlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va quriladigan binolarning mustahkam bo‘lishini ta'minlaydigan ilg‘or qurilish texnologiyalaridan foydalanish rejalashtirilmoqda.
Fikrning isboti sifatida quyidagi misolni keltirish mumkin: qurilishda xorijda ishlab chiqarilgan maxsus sifatli betondan foydalanilmoqda. Uning yong‘inga chidamlilik darajasi 4 soatdan ortiq vaqtga yetadi. Qiyoslash uchun shuni aytish kerakki, oddiy betonning yong‘inga chidamlilik darajasi 2 soat, olov ta'sirida belgilangan vaqtdan so‘ng u burdalanuvchan bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, qurilish jarayonida yuqorida ishlashda shag‘allarni yuqoriga olib chiqish uchun o‘z-o‘zini ko‘taruvchi himoya panellari qurilmalari qo‘llanilmoqda.
Loyihada e'tibor berilayotgan asosiy jihat – qurilmaning zilzila va yong‘inga bardoshliligi, mustahkamliligi hamda sifatliligidir.
Bundan tashqari ushbu hududda koreys andozalariga mos tarzda maktab va bog‘cha quriladi. Bu yerda gap faqat arxitektura inshootlari haqidagina emas, balki ularning ekologik jihatdan toza materiallardan qurilishidadir. Bu yerdagi ta'lim dasturi esa Janubiy Koreya pedagogik tajribasiga asoslangan. Innovatsiya, tadbirkorlik va ilg‘or g‘oyalar bunda birlashib, tadbirkorlikni yuritish jarayonining yangicha yondashuvini yuzaga keltirmoqda.
Quruvchilar Tashkent Cityning har bir kvadrat metr maydoni sarmoyadorlik faoliyatini takomillashtirishga, yangi g‘oya hamda maqsadlarini amalga oshirish uchun rag‘batlantirishga asoslanishini istashadi.
Qurilishni boshqaruv jarayonining arxitektura loyihasi tayyor, poydevor osti chuqurini tozalash ishlari va tuproqni mustahkamlash yakunlandi. Poydevorni quyish jarayoni boshlandi.
Loyihaning arxitektori sifatida Turkiyaning «APEAS» byurosi shug‘ullanmoqda.Lot №2ning ta'sischisi va investori Real House kompaniyasi hisoblanadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
07:53 / 16.10.2021
Tashkent City’dagi bog‘ xususiylashtiriladi
11:54 / 14.10.2021
Tashkent City bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi
12:45 / 18.08.2021
Tashkent City hududiga kirish pulli ekani konstitutsiyaviy tamoyillarga zid - XDP
16:42 / 13.07.2021