Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Yevropa ligasida qur'a. «Arsenal», «Chelsi» va «Milan» o‘z raqiblarini kutmoqda
Foto: Sportsfile
Bugun, 31 avgust kuni Yevropa ligasining 2018/19 yillar mavsumi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi. Yangi mavsum ushbu musobaqaning nomi UYeFA Kubogidan Yevropa ligasiga o‘zgartirilganidan keyingi o‘ninchi, umumiy hisobda esa 48-chempionat bo‘ladi.
Marosim Monakoda, Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi. Qur'a oldidan 48 jamoa UYeFA reytingidagi o‘rniga asosan 4 ta savatga ajratilgan.
1- savat: «Sevilya», «Arsenal», «Chelsi», «Zenit», «Bayyer», «Dinamo» Kiyev, «Beshiktash», «Red Bull Zaltsburg», «Olimpiakos», «Vilyarreal», «Anderlext», «Latsio».
2-savat: «Sporting», «Ludogorets», «Kopenhagen», «Marsel», «Seltik», PAOK, «Milan», «Genk», «Fenerbaxche», «Krasnodar», «Astana», «Rapid» Vena.
3-savat: «Betis», «Qorabog‘», BATE, «Dinamo» Zagreb, «RB Leyptsig», «Ayntraxt», «Malme», «Spartak» Moskva, «Standard», «Tsyurix», «Renn», «Bordo».
4-savat: «Apollon», «Rusenborg», «Vorskla», «Slaviya» Praga, «Akxisar Belediye», «Yablonets», AYeK Larnaka, «Vidi», «Reyndjers», «Spartak» Trnava, «Dyudelanj», «Sarpsborg».
Guruh bosqichining tur o‘yinlari 20 sentabr, 4 va 25 oktabr, 8 va 29 noyabr hamda 13 dekabr kunlariga belgilangan. Final o‘yini 2019 yil 29 mayida, Bokudagi «Olimpiya» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:26 / 02.10.2025
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi raqiblarini bilib oldi
22:12 / 28.08.2025
«Real» Qozog‘istonga boradi – YeChL umumiy bosqichiga qur’a tashlandi
17:45 / 31.01.2025
«Roma» «Portu»ga qarshi o‘ynaydi – Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi
16:38 / 31.01.2025