Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ligasida 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi
Monako shahrida o‘tkazilgan Yevropa ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi.
Turnir g‘olibiga aylangan «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann bu sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
27 yoshli fransiyalik turnirning 9ta o‘yinida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 2ta golga hammualliflik qildi. Sovringa undan tashqari «Atletiko» himoyachisi Diyego Godin va «Marsel» yarimhimoyachisi Dmitri Payyet ham da'vogarlik qilgan edi.
Ovoz berish jarayonida Yevropa Ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan barcha 48ta klubning bosh murabbiyi, shuningdek UYeFA a'zosi bo‘lgan mamlakatlardan 55 nafar jurnalist ishtirok etdi.
Mavzuga oid
17:45 / 31.01.2025
«Roma» «Portu»ga qarshi o‘ynaydi – Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi
17:20 / 15.03.2024
Yevropa ligasi chorakfinaliga qur’a tashlandi: «Milan» – «Roma», «Liverpul» Italiyaga boradi
13:19 / 26.03.2023
Yangilanayotgan Fransiya va Ispaniyada muammo yo‘q. Yevro-2024 saralashida tur yakunlari
00:48 / 17.02.2023