V guruhi

Mbappe va Grizmann niderlandlar mudofaasini yakson etdi

Fransiya — Niderlandiya 4:0
Gollar: Grizmann (2), Upamekano (8), Mbappe (21, 88). 
Aniq ijro etilmagan penalti: Depay (90+5).
Fransiya – Menyan, Kunde, Upamekano, Konate, Ernandes, Rabio (K.Tyuram, 89), Tçuameni (Kamavinga, 76), Koman (Diabi, 67), Grizmann (Fofana, 77), Mbappe, Kolo-Muani (Jiru, 77).
Niderlandiya – Sillessen, Timber, van Deyk, Gertryuyda (Malasia, 87), Ake, Veynaldum, de Ron (Blind, 67), Taylor (Veghorst, 33), Simons (Klassen, 68), Bergheys (Malen, 68), Depay.
Ogohlantirişlar: Rabo (45), Gertryuyda (65), Konate (71), Blind (78), Ernandes (90), Upamekano (90+4).

Saralaş turnirining ikkinçi kunida muxlislar yana «top» afişali öyinga guvoh bölişdi. JÇ-2022 kumuş medallari egalari çorakfinalçilarga qarşi. Bundan taşqari, Loris, Mandanda, Varan va Matyuidining milliy jamoa bilan xayrlaşuvini kuzatiş ham «Stad de Frans»ga kelişga arzirdi. Şuningdek, ikki jamoada ham öyindan oldin ötkir syujyetlar röy berdi.

Fransiya bilan boğliq holatda — bu Mbappe jamoa sardori etib tayinlanişidir. Dide Deşamning bu qarori mamlakatda qizğin muhokamalar keltirib çiqardi, xafa bölgan Grizmanning reaksiyasi esa olovga moy sepdi. Aytişlariça, u hatto milliy jamoadan ketiş haqida öylagan va Mbappe u bilan gaplaşib olgaç, vaziyat sokinlaşgan. Kilian agar uni sardor etib tayinlaşmaganida özi ham buni şunday qabul qilgan bölişini aytib, vitse-kapitan bölib qolgan Grizmanni Deşam davrining eng yaxşi futbolçisi deb atadi. «Men unga boşliq emasman», — deya tan oldi Mbappe.

Öyin boşlanişi bilanoq yangi sardor örinbosariga golli pas berdi. Şu bilan birga Fransiyaning bu hujumi Grizmanning töpga ajoyib taşlanişi bilan boşlangandi, u bu bilan kifoyalanmadi va jarima zarbasini ijro etib, ikkinçi golni taşkillaştirdi. Silessenning xatosidan foydalangan Upamekano tom ma’noda töpni darvozaga olib kirdi.

Niderlandlarga kelsak, Ronald Kuman «Barselona»dagi davriga qaytgandek böldi, öşanda u Messi bilan şartnomani yangilamagani va bir qator muhim futbolçilarni sotuvga qöyişi iste’foga olib kelgandi. «Qizil lolalar» jamoasida esa virus tarqaldi, natijada jamoani beş futbolçi, jumladan Gakpo va de Ligt tark etdi. Qolaversa, yiğin boşlanişidan oldin jarohat tufayli Frenki de Yonga va Kopmayners öyindan taşqarida qolişi ma’lum bölgandi.