Toshkentdagi xususiy bank tizimida talon-torojlik aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi taqdim etgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 18 avgust kuni Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga “Tosh Invest” mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori D.Sh. “Davr-bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki tizimi orqali qalbaki hujjatlar tayyorlash yo‘li bilan o‘zganing mulkini o‘zlashtirib, talon-toroj qilayotganligi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.
Shu asosda, Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tekshiruv harakatlari davomida to‘plangan dalillar hamda XATB “Davr-bank” tomonidan o‘tkazilgan auditorlik tekshiruv xulosasiga ko‘ra, 2018 yil may-iyun oylarida XATB “Davr-bank” Amaliyot boshqarmasida ishlagan U.A. hamda “Tosh Invest” MChJ direktori D.Sh.lar o‘zaro til biriktirib, ishonib topshirilgan va ixtiyorlarida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish maqsadida, bir nechta jismoniy shaxslar nomiga maqsadli ravishda plastik kredit kartalarini rasmiylashtirib, kredit mablag‘larini ushbu plastik kartalariga o‘tkazmay, XATB “Davr-bank”ga tegishli bo‘lgan 149 mln. so‘m miqdordagi pul mablag‘larini “Tosh Invest” MChJ hisob raqamiga o‘tkazib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, 2018 yil 29 avgust kuni Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish: juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan moddiy zarar tergov davrida to‘liq undirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali boshqaruvchisi o‘zining jinoiy sheriklari bilan juda ko‘p miqdordagi pulni talon-toroj qilib yuborgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024