Juda ko‘p miqdordagi pulni talon-toroj qilib yuborgan bank rahbari va xodimlarining jinoyati fosh etildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, 2018 yilning 16 iyul kuni Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali mansabdor shaxslariga nisbatan tergovoldi tekshiruv ishlari o‘tkazilgan.
Natijada, AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali boshqaruvchisi B.A. o‘zining jinoiy sheriklari AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali bosh hisobchisi T.O. hamda AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali kassa mudiri O.E. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali kassasida mavjud bo‘lgan 409 mln 866 ming 394,53 so‘m zaxira pullarini shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborib, mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish: juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:00 / 25.10.2024
“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor
08:48 / 01.07.2024
Xitoy kompaniyasi Kosonsoyda dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
17:00 / 20.06.2024
Xalq banki tomonidan vodiyga press-tur tashkil etildi
16:54 / 29.05.2024