Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya TIV maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
2018 yilning 28-30 avgust kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini mukammallashtirish va inventarizatsiya qilish bo‘yicha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, Rossiya tashqi siyosat idorasining delegatsiyasiga TIVning MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha uchinchi departamenti direktori o‘rinbosari Yevgeniy Teryoxin boshchilik qildi.
Ekspertlar tomonidan o‘zaro imzolangan hujjatlar inventarizatsiya qilindi, davlatlararo ahamiyatga molik 300dan ortiq aktlarni qamrab oluvchi shartnomaviy-huquqiy asosning umumiy holati ko‘rib chiqildi, shuningdek, ikki tomonlama hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi va hamkorlikning yuridik asosini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Maslahatlashuvlar davomida alohida e'tibor savdo-iqtisodiy, investitsion, innovatsiya, atom energetikasi va fazoviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnomaviy-huquqiy asosni shakllantirishga qaratildi.
Mavzuga oid
17:15 / 07.03.2026
Qozog‘istonda «Pervyy» va boshqa Rossiya telekanallari namoyishi to‘xtatildi
14:47 / 07.03.2026
Orban “Drujba” quvuri ta’miri tugamaguncha Ukrainaga yordamni to‘sib qo‘yadi
14:29 / 07.03.2026
“300 ga 300”: Ukraina va Rossiya harbiy asirlar almashdi
11:23 / 07.03.2026