07:17 / 03.09.2018
19413

Shahrisabz shahriga Afrosiyob elektropoyezdining muntazam qatnovi qachon yo‘lga qo‘yilishi ma'lum

Foto: O‘zA

Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishidagi №760/759-Afrosiyob zamonaviy elektropoyezdining qatnoviga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari " AJ Axborot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda. 

Unga ko‘ra, 2018 yil 7 sentabrdan boshlab mazkur zamonaviy elektropoyezdning Shahrisabz shahrigacha muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yiladi va Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish boshlanadi. №760-Afrosiyob zamonaviy elektropoyezdi Toshkentdan Qarshigacha bugungi kundagi harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, zamonaviy elektropoyezd Qarshidan Shahrisabzga esa soat 11.30da, Shahrisabzdan Qarshiga esa soat 15.43da harakatlanishni boshlaydi. Qarshidan Toshkentga bugungi kundagi harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiriladi.

Ma'lumot o‘rnida: Harakat jadvali haqidagi qo‘shimcha ma'lumotlarni rasmiy railway.uz saytidan va joylardagi temir yo‘l kassalari hamda hududiy temir yo‘l ma'lumotxonalaridan bilib olish mumkin.

Mavzuga oid
Top